
"Konya-2021". O‘zbekistonlik qilichbozlar finalda Ozarbayjon bilan to‘qnash keldi
Konya shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida qilichbozlarimiz ham o‘z bahslarini o‘tkazdi.
Sablya bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yakunla kumush medal sohibiga aylanishdi. Jamoaviy dasturda yarim finalda Turkiyani 45:31 hisobida mag‘lub etgan qizlarimiz finalda ozarbayjonlik raqibalariga 34:45 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladilar.
Shu o‘rinda terma jamoamiz tarkibini yana bir bor eslatib o‘tsak: Zaynab Dayibekova, Paola Pliego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar