"Konya-2021". O‘zbekistonlik dzyudochilar medal jamg‘arishda davom etmoqda, hozircha 2 ta oltin

  • 16 avgust, 2022, 19:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Tecno

Bugun bahslarga kirishgan dzyudochilarimiz medal jamg‘arishni boshlab yubordi. Xususan, Gulnoza Matniyozova finalda tunislik Nihel Landolsini mag‘lub etib, chempionga aylandi. Yana bir vakilimiz Muzaffarbek To‘raboev hal qiluvchi jangda Rio Olimpiadasi finalchisi Elmar Gasimovni 68 soniya ichida engib, oltin medal egasiga aylandi.

Bundan tashqari, Davlat Bobonov, Shohista Nazarova hamda Sharofiddin Boltaboev bronza medallarini delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Bellashuvlar davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!