"Konya-2021". Bugun Olimpiada chempionlari kurashga qo‘shiladi

  • 15 avgust, 2022, 10:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan V Islom birdamligi o‘yinlari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Tecno

Bugun vakillarimiz bir qator sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Jumladan, og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev o‘zlari uchun yangi musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishga bel bog‘lagan. Bugun startga chiqadigan hamyurtlarimiz ro‘yxati bilan tanishing:

Og‘ir atletika: Tursunoy Jabborova (-87 kg), Sharofiddin Amriddinov (-102 kg), Ruslan Nurudinov (-109 kg), Akbar Jo‘raev (+109 kg)

Qilichbozlik: Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov (shpaga), Umida Ilyasova, Kamila Mirzaeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (rapira), Zaynab Dayibekova, Paola Pliego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova (jamoaviy sablya)

Dzyudo: Kemran Nurillaev (-60 kg), Sardor Nurillaev (-66 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Sita Qadamboeva (-52 kg), Shahram Ahadov (-73 kg), Nilufar Ermagambetova (-57 kg)

Para stol tennisi: Rasul Atamurodov

Suzish: Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (50 m erkin), Iskandar Sadullaev va Vladislav Mustafin (100 m brass), 4x200 m estafeta (erkaklar), Ulyana Nazmutdinova (200 m chalqancha), Egor Petryakov (400 m kompleks), Afsona Niyazova (1 500 m erkin), Olimjon Odilov (100 m brass)

Basketbol 3x3, ayollar: O‘zbekiston – Mali, O‘zbekiston – Uganda

Kamondan otish: Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy

An’anaviy turk kamoni: Dilnoza Ahmadjonova, Flyura Raimbekova, Yusuf Ahmadjonov, Abbosjon Minavarov

Stenddan otish: Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharipov (skit).

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!