Kontening taqdiriga Evropa ligasidan so‘ng aniqlik kiritiladi

  • 4 avgust, 2020, 09:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi bosh murabbiy Antonio Konte mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat va murabbiy Evropa ligasi yakunlangach bu mavzuni o‘zaro muhokama qiladi. Eslatib o‘tamiz, "Inter" Evropa ligasining 1/8 finalida "Xetafe"ga qarshi bahs olib boradi.

Antonio Konte “Inter”ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi “neradzurrilar” yakunlangan mavsum A Seriyada 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘zlarining so‘nggi 9 yildagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!