
Kontening orzusidagi futbolchi "Atletiko"da bor!
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Tottenxem" yozda "Atletiko" himoyachisi Mario Ermosoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manbaga ko‘ra, London klubi 26 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachining nomzodini himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rmoqda. Oldinroq "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning chap qanot markaziy himoya pozitsiyasiga chap oyoqda o‘ynaydigan va birinchi to‘p uzatmasi yaxshi bo‘lgan futbolchi sotib olishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.
Ermoso joriy mavsumda “Atletiko” safida barcha turnirlarda jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar