Konte Xoylund va Maktominey nega zaxirada qolganini ochiqladi

  • 19 oktabr, 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" A Seriyaning 7-turida "Torino"ga (0:1) yutqazdi. "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan va neapolliklar safida 6 ta o‘yinda 4 gol urgan daniyalik hujumchi bu bellashuvda maydonga tushmadi. Shuningdek, yarim himoyachi Skott Maktominey ham o‘ynamadi.

Tecno

Antonio Konte bunga shunday izoh berdi:

"Ular biz bilan kelishdi, chunki biz ularning o‘ynashini xohlagandik. Payshanba kuni Maktomineyning to‘pig‘i shikastlanib, oltita chok qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Bu juda noxush holat. Kecha uni tayyorlashga harakat qildik, lekin u tavakkal qilishni istamadi. Men hech kimni majburlay olmayman. Rasmus terma jamoadan juda charchagan holda qaytdi. Ilgari u bunchalik ko‘p o‘ynamagan edi, keyin esa biz va Daniya uchun to‘xtovsiz o‘ynay boshladi. Uning to‘rt boshli muskuli biroz cho‘zilgan edi. Har uch kunda o‘ynalsa, hatto shunday kichik muammo ham jiddiylashib ketadi. Boshqa imkoniyatlar bor ekan, tavakkal qilishning hojati yo‘q edi. Bizning yurtda "Oqsoq otdan ko‘ra sog‘lom ot afzal" degan gap bor", - deya ta’rif berib o‘tdi neapolliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!