
Konte Sterlingni "Napoli"da ko‘rishni istayapti
"Napoli" joriy yozda hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Raxim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda. "La Gazzetta dello Sport" nashriga ko‘ra, angliyalik 30 yoshli futbolchi neapolliklar short-listiga kiritilgan va uning nomzodi bosh murabbiy Antonio Konte tomonidan ma’qullangan.
Hozirda Sterling "Chelsi"ga tegishli, ammo o‘tgan mavsumni u "Arsenal"da ijara asosida o‘tkazib, APLda 17 ta o‘yinda 2ta golli uzatma amalga oshirgan.
Shuningdek, 'Napoli"ning diqqat markazida Jek Grilish ("Manchester Siti") va Federiko Keza (hozir "Liverpul" futbolchisi) ham bor.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning amaldagi chempionlari bu mavsum "Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne ham qo‘shib olgan edi.
Fikrlar