Konte "Norvich" bilan o‘yinda shogirdlariga Sonning gol urishi shartligini aytgan

  • 4 iyul, 2022, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" "Norvich"ga qarshi bahsda 5:0 hisobida zafar quchgandi. O‘sha o‘yinning ikkinchi bo‘limida futbolchilar bor e’tiborini futbolchi Son Xin Minning gol urishiga qaratgan. Bu haqda koreyalikning o‘zi gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Avvalambor, "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Jamoadoshlarim ham bundan mamnun bo‘ldi. 

Tan olaman, "Norvich"ga qarshi bahsning birinchi bo‘limida Konte bor e’tiborini g‘alabaga qaratdi. Muhimi, 3 ochko ekanini biz ham bilib turardik. 

Biroq hisob yiriklashgandan so‘ng ikkinchi bo‘limda murabbiy jamoa mening gol urishim uchun o‘ynashini aytdi. Gol urish uchun vaziyatlar bo‘lmayotgandi. Shu sabab bu gaplardan keyin xursand bo‘ldim. Buning uchun Antonioga alohida rahmat!!!", - deydi koreyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha uchrashuvda Son dubl muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!