
Konte Mourinoga zo‘r taklif bilan chiqdi
"Inter" yozgi transfer oynasi vaqtida "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.
Insayder Janluki di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, milanliklar rahbariyati frantsiyalik xavbek transferi uchun himoyachi Milan Shkrinyarni taklif qilmoqda.
O‘tgan yil yozida 60 million evro evaziga "Lion"dan xarid qilingan Ndombele joriy mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar