
Konte ketadi. Uning o‘rnini Madrid klubidan top murabbiy egallaydi
"Inter" yangi mavsumda jamoa bosh murabbiyligi postiga Diego Simeoneni olib kelmoqchi.
Bu haqida Okdiario gazetasi bosh direktori Eduardo Inda xabar berib o‘tdi.
"Simeone "Atletiko"ni tark etishini ikkala tomon ham xohlamoqda. Antonio Konte "Inter"da kiyinish xonasida tartibsizlikni keltirib chiqardi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
O‘z navbatida, Madrid klubi rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazmoqda, shuning uchun 16 million evro maosh oladigan Diego Simeone bilan orani ochiq qilishga urinmoqda", - deya ta’kidlab o‘tdi Inda.
Fikrlar