
Konte Kantedan umidini uzadigan ko‘rinadi
Yarim himoyachi Ngolo Kantening transferi bo‘yicha, "Chelsi" va "Inter" o‘rtasidagi muzokaralar hali natija bermadi.
London klubi shartnomaga "Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich kiritilishini rad etdi. Shuningdek, Kristian Erkisen nomzodi ham inglizlarni qiziqtirmayapti, deb xabar bermoqda The Guardian.
Frantsiyalik yarim himoyachi "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening asosiy maqsadi bo‘lib turibdi.
Milanliklar transfer uchun ko‘p pul sarflay olmaydi, shuning uchun jamoa rahbariyati futbolchi xarid qilishga bo‘lgan urinishlar samarasiz, degan fikrga kelmoqda.
"Chelsi" Kanteni sotishga shoshilmayapti. "Aristokratlar" ustozi Frenk Lempard yarim himoyachini jamoada qolishini istaydi. U Kantedan ko‘ra, Jorjinoni sotishni afzal ko‘rmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "Inter" London klubi bilan yana bir bor muzokara olib boradi va Kante uchun 50 mln evro taklif qilib ko‘radi.
Fikrlar