
Konte ham VARga ishonmayapti
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte VAR tizimi haqidagi firklari bilan o‘rtoqlashdi.
"VAR barchaga birdek amal qilmayapti.
Ayniqsa, bu katta o‘yinlarda juda muhim. O‘tgan mavsumda mening VARga ishonchim ko‘proq edi. Hozir esa uni qanday foydalanishayotganini tushunmay qolyapman.
Bu tizim qarorlariga ishonchsizlik ko‘paymoda. Unda barqarorlik yo‘qoldi," - deya aytib o‘tdi Konte.
Fikrlar