
Konte De Bryuyneni zaxiraga olishga nima sabab bo‘lganini aytdi
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (0:2) Kevin de Bryuyneni nima uchun almashtirishga qaror qilganini tushuntirdi.
Belgiyalik futbolchining "Etixad"ga qaytishi ko‘ngildagidek bo‘lmadi, biroq bunda futbolchining o‘zi aybdor emas. 21-daqiqada Jovanni di Lorentso maydondan chetlatilgach, 26-daqiqada neapolliklar murabbiyi de Bryuyneni himoyachi Matias Olivera bilan almashtirishga majbur bo‘ldi.
- Boshqa ilojim yo‘q edi. Kevinga juda achinaman, sababi u o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynayotgan edi, ammo u vaziyatni to‘liq tushundi. Bu mavjud sharoitda qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona to‘g‘ri qaror edi, - dedi Konte "TNT Sports"ga bergan intervyusida.
"Manchester Siti" ikkinchi bo‘limdagi Erling Xoland va Jeremi Dokuning gollari evaziga "Napoli"ni mag‘lub etdi.
Fikrlar