
Konte 2014 yilda rus klubini boshqarishi mumkin edi
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq bosh direktori Roman Asxabadze 2014 yil italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte jamoaga kelishi mumkinligi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, moskvaliklar Konte bilan muzokaralar o‘tkazishgan va murabbiy ham rus klubini boshqarishga rozilik bildirgan. Ammo, bu ish hatto klub direktorlar kengashigacha ham etib bormagan.
Eslatib o‘tamiz, Konte ayni damda “Inter” klubini boshqarmoqda.
Fikrlar