Konseysau: "Bu g‘alabada jamoaviy ruh hal qiluvchi omil bo‘ldi"

  • 6 may, 13:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau A Seriyaning navbatdagi turida "Jenoa" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasining xarakterini ta’kidladi.

Tecno

– Biz o‘yinni bir sxemada boshladik, lekin boshqacha sxemada yakunladik. Menga ish haqi to‘lashadi – demak, o‘yinni o‘qib, kerakli qarorlar qabul qilishim shart. Ba’zida murabbiylar o‘yinga ta’sir o‘tkaza oladi, ba’zida esa yo‘q.

Biz faqat taktika ustida ishlamaymiz – jamoaviy va shaxsiy rivojlanishga ham ahamiyat beramiz. Har xil xatolar bo‘lishi mumkin, bugungi o‘yindagi gol shunday vaziyatlardan biri. Shu sababli, mashg‘ulot bazasida doim shunday jihatlar ustida ishlaymiz. Futbolchilar muvaffaqiyat qozonsa, biz ham mamnun bo‘lamiz.

Bugun jamoamiz kuchli va birlashgan ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Zaxiradan maydonga tushganlar etishmayotgan jihatlarni to‘ldirishdi. Rasstanovka o‘zgardi, Ximenes va Feliksni hujumga surdik va hujumdagi harakatlarimizni kengaytirdik. Bu murabbiy emas, aynan futbolchilarning mahoratli o‘yini edi, – dedi portugaliyalik mutaxassis DAZN efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!