
Konorda yangiliklar bor shekilli...
UFC prezidenti Dana Uayt ikki divizionda sobiq chempion Konor MakGregor haqida gapirib, yaqin orada u bilan bog‘liq yangiliklarni va’da qildi.
“Bugun biz Konor bilan gaplashdik. Tez orada u haqida yangiliklarga ega bo‘lasiz", - deb Uaytning so‘zlarini keltirmoqda talkSPORT.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Konor AQSh vakili Maykl Chendlerga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi, biroq MakGregor oyog‘idan olgan jarohati tufayli jang bekor qilingandi.
Fikrlar