
Konor Makgregor oktagonga yana ko‘tarilishga ishora qildi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor navbatdagi jangi uchun ishora bermoqda.
“Kelayotgan dam olish kunlarida bizni "UFC 314' turniri kutib turibdi. Meni mazkur oqshomdagi Maykl Chendler va Peddi Pimblett jangi qiziqtirmoqda. Navbatdagi raqibim yuqoridagi bahs g‘olibi bo‘lishini istardim” - deb yozdi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Konor Makgregorning MMA dagi professional rekordi - 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatdan iborat.
Fikrlar