
Konor Makgregor 7 yilga qamalishi mumkin
Yarim engil (66 kg) va engil vazn (70 kg) toifalarida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda "Irish Inependent" nashri xabar berdi.
Irlandiya davlat prokuraturasi direktori 2023 yil noyabrida sodir bo‘lgan Dublindagi tartibsizliklarda Konorni aybdor qilmoqda. Chunki MMA yulduzining X (sobiq Twitter) sahifasida muhojirlar haqida fikr bildirgan postlari bunga sabab, degan qarashlar bor. Rasmiylar uning xabarlari irlandlar orasida nafratni kuchaytirgan, deya gumon qilmoqda.
Irlandiya qonunchiligiga ko‘ra, insonlar orasida nafrat qo‘zg‘atgan yoki nizo chiqarganlarga etti yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Makgregorga nisbatan hech qanday jazo qo‘llangmagan, tergov ishlari hali hamon davom etmoqda.
Fikrlar