
KONMEBOL Argentinaning "JCh-2022"dagi g‘alabasini nishonlash uchun tadbir uyushtirdi
Argentina terma jamoasi futbolchilari va murabbiylari Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi. Tashkilot prezidenti Alexandro Dominges erishgan yutuqlari uchun ularga mukofotlarni topshirdi.
Lionel Skaloni va uning murabbiylar shtabi Amerika kubogi, Finalissima kubogi va jahon chempionatining nusxalarini olishdi. Futbolchilarga medallar va o‘zlari ko‘rinishidagi haykalchalar topshirildi.
Lionel Messi terma jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari - Jahon chempionati, Finalissima kubogi va Amerika kubogi nusxalarini oldi. Shuningdek, hujumchiga uning haqiqiy o‘lchamdagi haykali ko‘rsatildi - unda Messining jahon chempionatida suratga tushgani tasvirlangan. U KONMEBOL muzeyida saqlanadi.
Fikrlar