
Kompani “Bavariya”ga o‘zi bilgan futbolchilarni chaqira boshladi
“Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga Angliya futbolida pishgan o‘yinchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik mutaxassis birinchi transfer sifatilda “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uortonni tanladi.
20 yoshli futbolchi “Kristal Pelas”ga yanvar oyida “Blekbern”dan olib kelingan edi. Bu yarim himoyachining transferi 22,5 million funtga amalga oshirilgan.
Uorton yangi jamoada porlay boshladi. O‘z o‘yini bilan Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi va Evropa chempionatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan kengaytirilgan tarkibga kirdi.
Vensan Kompaniya “Bavariya”da etakchi rollarni o‘ynayotgan angliyalik futbolchilar – Erik Dayer va Harri Keyn Adam Uortonga yangi mamlakat futboliga moslashishga yordam bera oladi, deb hisoblamoqda.
Fikrlar