Kompani APL tarixidagi eng zo‘r himoyachi kimligini aytdi. Uning bu boradagi tanlovi g‘alati bo‘ldi

  • 10 may, 2020, 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi sobiq himoyachisi Vensan Kompani “Liverpul”dagi hamkasbi Virjil van Deykni premer-liga tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb aytdi.

Tecno

“Agar premer-liga tarixidagi eng yaxshi himoyachi kimligini aytadigan bo‘lsam, men van Deykni tanlagan bo‘lardim. Bu g‘alati tanlov bo‘lishi mumkin, chunki u Jon Terri va Rio Ferdinand kabi buyuk himoyachilar bilan bir vaqtda o‘ynamagan. Ushbu yigitlar uzoq yillar o‘ynadi, ammo van Deykning so‘nggi mavsumlarda ko‘rsatayotgan o‘yini uni eng zo‘r darajaga olib chiqdi.

“Liverpul” van Deyk bilan butkul boshqa jamoaga aylandi, shu sababli men uni APLning barcha davrlardagi eng zo‘r himoyachisi, deb aytgan bo‘lardim”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!