
"Komiljon Rasulovni bir umrga futboldan chetlatilishi odil qaror deyishga hali erta"
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida Komiljon Rasulovni bir umrga futboldan chetlatilgani borasida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, vaziyatga hakamlar markazi to‘g‘ri munosabat bildirganini vaqti kelib bilib olish mumkin:
"Ko‘pchilik Rasulov umrbod futboldan chetlatigani adolatli qaror bo‘ldi, demoqda. Men ham bu masala borasida O‘zFHMning qaroriga qo‘shilaman. Shunga qaramay, adolat bu bilan qaror topib qolmaydi. Uning shunchaki, o‘lchovi o‘zgardi. Shu kunga qadar, Komiljon Rasulov qilgan xatodan kam bo‘lmagan ishni qilgan boshqa hakamlar indamay ham karerasini davom ettirmoqda. Ayrimlari hatto murabbiylarni tanqid qilib tashlayotganini ko‘ryapmiz. Tantashev, Najafaliev, Asimov, To‘xtasinov, Karimov yoki Norsafarovlarni ham agar xato qilsa, xuddi Rasulov singari jazolashadimi? Ularni ham bir umrga chetlatib yuborishadimi? Yoki odamlarni biroz esidan chiqqach, yana ishga qaytarib olishadimi? Mana bu savolga kelajakda oladigan javobimiz O‘zFHM qay darajada odil ishlayotganiga javob bo‘ladi. Markaz keskin qarorlar qo‘llashni boshlagani yaxshi, ammo bu o‘lchov barchaga birdek ishlamasa, u hech qanday effekt bermaydi", - deyiladi kanalda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha "Buxoro" - "Olimpik" bahsidagi noo‘rin belgilangan penaltidan so‘ng O‘zFHM Komiljon Rasulovni hakamlik faoliyatini davom ettirishdan mahrum qilgan edi.
Fikrlar
Кейинги масала, ҳали қарор қабул қилинмаган вазият учун мураббийлар ҳакамни ҳақоратлаши қай даражада ўринли? Майли, мухлислар озроқ ҳиссиётга берилиб ҳакамларни сўкади, мураббийлар-чи? Кечаги вазиятда фикримча "Бухоро" мураббийлар штаби ўзига-ўзи пенальтини тилаб олишди.
Уят. "Балиқ бошидан сасийди, бироқ уни думидан тозалашади".
ИМҲО
@FFF_analiz