
Koman mashg‘ulotga "Maklaren"da kelgani uchun uzr so‘radi
"Jamoadan va "Audi" kompaniyasi mutasaddilaridan uzr so‘rayman. Menga taqdim qilingan "Audi"ning yon oynasi shikastlangan. Hali hamon ushbu noqulaylik bartaraf etilmadi. Shu sababdan, boshqa mashinada kelishga majbur bo‘ldim. Anglashilmovchilik uchun yana bir bor uzr so‘rayman", - dedi Koman.
Ma’lumot uchun, "Audi" kompaniyasi "Bavariya" klubining 8,33 foiz aktsiyalariga egalik qiladi. Futbolchilar va murabbiylarga mashg‘ulot va stadionga kelishda boshqa rusumdagi avtomobillarni minish taqiqlangan.
Fikrlar