
Koman MYuga qarshi bahsda jarohat oldi
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Frantsiyalik yarim himoyachi "Old Trafford"da bo‘lib o‘tgan bahsda g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.
"Bild" nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli xavbek ikkinchi bo‘limda mushaklaridagi jarohat tufayli almashtirildi. Endi Koman ko‘rikdan o‘tadi, va xatto dastlabki tiklanish sanalari ham hozircha noma’lum.
Koman joriy mavsum Germaniya Bundesligasida gol+pas tizimida 3+3 natija qayd etdi. Kingsli myunxenliklar safida 2015 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda.
Fikrlar