Kolumbiya termasi forvardi Italiya "A" seriyasi klubiga o‘tishi mumkin

  • 15 avgust, 2019, 18:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Atalanta" klubi xujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Tecno

Klub Meksikaning "Amerika" klubi xujumchisi Roxer Martinesni sotib olmoqchi. Kolumbiyalik forvard "Atalanta"ga o‘tishga qarshi emasligini bildirgan.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishish uchun harakat qilishmoqda. Italiyaliklar futbolchi uchun 15 mln evrodan ko‘p to‘lashni istashmayapti.

"Amerika" jamoasi esa xujumchini osonlik bilan qo‘yib yuborishni xohlamaydi. Sababi, klubning boshqa bir forvardi Nikolas Kastilo jarohat olgan. Ammo "Atalanta" transfer ustida jiddiy ish olib bomoqda.

Ma’lumot uchun, Martines shu yili bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogi doirasida, Kolumbiya safida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!