KO‘JCh. "Chelsi" finalda PSJni yirik hisobda mag‘lub etib, chempionlikni rasmiylashtirdi

  • 14 iyul, 02:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - PSJ klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvdan avval qisman favorit sanalgan Luis Enrike boshchiligidagi PSJ final bahsida Entso Mareskaning "Chelsi"siga yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

To‘qnashuvni yaxshi boshlagan "aristokratlar" dastlab 22-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Gol muallifi esa angliyalik yarim himoyachi Koul Palmer. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa hujumkor yarim himoyachi dublni rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, 1-bo‘lim so‘nggida Palmerning uzatmasidan so‘ng Joao Pedro hisobni yiriklashtirdi. Mazkur gollar o‘yin taqdirini hal qildi va londonliklarning chempionlikni rasmiylashtirishiga zamin yaratdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!