
Klub futbolchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan holat bo‘yicha bayonot berdi
“Nitstsa” rahbariyati o‘z joniga qasd qilishga uringan Aleksisi Beka-Beka bo‘yicha bayonot berdi.
Frantsiya matbuoti Aleksisning suitsidga qo‘l urishiga sevgilisi bilan ajrashgani sabab bo‘lganini yozmoqda. Klub bu ma’lumotlarni inkor qildi.
- Bo‘lib o‘tgan voqea tarixi sevgi ta’sirida yuzaga kelgani haqidagi ma’lumotlarning bari yolg‘on. Bu holat umumiy voqealardan yulib olingan ma’lumotlardir va kelib chiqqan vaziyatga umuman daxli yo‘q.
Biz bu voqea bo‘yicha boshqa izoh bermaymiz, - deb bayonot berdi “Nitstsa” klubi mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlar orqali.
Aleksis Beka-Beka “Nitstsa”ga bir yil oldin transfer qilingan. Ungacha 22 yoshli futbolchi Frantsiyaning “Kan” va Moskvaning “Lokomotiv” jamoalarida to‘p tepgan.
Fikrlar