
Kloppning rejasi o‘zgardi
Yurgen Klopp "Liverpul" hamon Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilmaganini ta’kidladi.
34-turdan so‘ng mersisaydliklar APL turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi. Ular beshinchi pog‘onada borayotgan "Tottenxem"dan 14 ochko oldinda. Biroq "shporlar" hisobida 2 ta zaxira o‘yini mavjud.
"Yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, ko‘proq ochko to‘plashimiz kerak. Biz uchun hali Chempionlar ligasi yo‘llanmasi kafolatlanmagan", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar