Klopp yosh yulduzga xaridor

  • 28 mart, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatidan “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani transfer qilishni so‘ramoqda.

Tecno

18 yoshli frantsiyalik futbolchi liverpulliklar safini tark etayotgan Jorjino Veynaldum o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, Angliya chempioni bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortgan niderlandiyalik yarim himoyachi “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Kamavingaga anchadan beri “Real” xaridor hisoblanadi. Biroq, madridliklar futbolchi uchun “Renn” talab qilayotgan  60 million evroni topa olmayapti. Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher ham Kamavingani Angliya chempionatiga olib kelishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!