
Klopp uchun Muhammad Salohdan ham qadrli futbolchi bo‘lgan ekan! (foto)
“Liverpul”ni tark etgan Yurgen Klopp jamoani eng uzoq muddat boshqargan murabbiylardan hisoblanadi.
Statistika mutaxassislar germaniyalik murabbiy faoliyati davomida qaysi futbolchiga ko‘proq suyanganini hisoblab chiqdi.
Natija kutilmagan bo‘ldi. Klopp eng ko‘p Roberto Firmino xizmatidan foydalangan ekan. O‘tgan yoz jamoani tark etgan braziliyalik hujumchi bu mutaxassis qo‘l sotija 355 ta o‘yinda qatnashgan.
Ikkinchi o‘rinda Muhammad Saloh qayd etildi. Misrlik to‘purar bosh murabbiyga 349 ta bahsda yordam bergan.
Uchinchi o‘rinda Angliya futboli faxriysi va bu mavsum “Brayton” sharafini himoya qilgan Jeyms Milner qayd etilgan bo‘lib, Klopp uni 323 ta o‘yinda maydonga tushirgan.
Fikrlar