Klopp: "U bizga mos o‘yinchi ekanini bilardik"

  • 22 mart, 2022, 17:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubga yangi kelib qo‘shilgan Luis Dias haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, o‘sha payti futbolchi "Portu"dan yuqori darajada bo‘lgan.

Tecno

"Siz bunday futbolchilardan tezda mo‘jiza kutishingiz xato. Ammo u bizga shuni ko‘rsata oldi. 

Uning "Portu"dagi harakatlarini ko‘rib, yuqori darajadagi futbolchining o‘yinini kuzatayotganimni sezdim. So‘ng darhol Dias bizga mos tushishini his qildim.

Luis "Portu"da ham, Kolumbiya terma jamoasida ham zo‘r o‘yin o‘tkazayotgandi. Tabiiyki, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori edi. Shu bois, "Liverpul" Luis Dias bilan shartnoma imzoladi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!