
Klopp “Real” yulduziga xaridor
“Real”ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Yozda transer bozorida katta xaridlarni amalga oshirolmagan “Liverpul” qishda bu bo‘shliqni nomdor futbolchilarni olish orqali to‘ldirmoqchi.
El Nacional nashrining xabar berishicha, liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z jamoasiga 31 yoshli Toni Kroosni taklif qilmoqchi. Klub mutasaddilari Madridga vakil jo‘natib, bo‘lajak transfer shartlariga aniqlik kiritish bo‘yicha ish boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” 2014 yildan beri jamoa sharafini himoya qilayotgan yulduzni 25 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar