
Klopp “Barsa”ning qimmatbaho yulduzini olib qo‘ymoqchi
“Liverpul” mavsum boshida o‘rta chiziqda kadrlar muammosiga duch kelganidan keyin bosh murabbiy Yurgen Klopp kuchli yarim himoyachilarni olishga qaror qildi.
Germaniyalik mutaxassis “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongga ko‘z tikmoqda. Niderlandiyalik futbolchi tez orada Kataloniyani tark etishi kutilyapti.
“Barsa” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozda bu futbolchi bilan xayrlashishga harakat qilgandi. Lekin Frenki “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan bosh tortdi.
Yaqinda Xavi yanvarda uch futbolchi ketishini ta’kidladi. Ular orasida de Yong ham bor. Kataloniyaliklar bu o‘yinchi uchun 90 million evro atrofida pul talab qilishi aytilmoqda.
Fikrlar