Klasiko hazili: Mbappe "Barselona" o‘yinchilari bilan kayfiyatni ko‘tarib oldi

  • 14 may, 09:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 35-turidagi "El-klasiko"ning 42-daqiqasida Kilian Mbappe markazdagi voqeaga aylandi. "Real" hujumchisi "Barselona" jarima maydonida erga yiqildi — Frenki de Yong undan to‘pni tortib olishga harakat qilgan, biroq kontakt bo‘lmagan. Frantsuz o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, xolos.

Tecno

Hakam Alexandro Ernandes Ernandes dastlab penalti tayinladi, lekin VAR orqali ko‘rib chiqqach, qarorini o‘zgartirdi. Chunki hujum vaqtida "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem ofsayd holatida bo‘lgan.

Hakamlar vaziyatni tekshirayotgan paytda, Mbappe raqib o‘yinchilari bilan hazillashishga ulgurdi. "OK Diario"ning yozishicha, Inigo Martines uni simulyatsiyada ayblab, tushuntirish so‘ragan. Shunda Kilian shunday deb javob berdi:

"Qara, men oq formadaman, sariq emas".

Bu gapga Inigo quyidagicha reaktsiya bildirdi:

"Lekin sariq olasan, -a-a" — deya javob bergan ispaniyalik himoyachi.

Ko‘rinib turibdiki, Klasiko nafaqat kurash, balki hazil-mutoyiba sahnasiga ham aylanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!