
KL saralashi. Rahmonaliev yana zaxirada qolgan uchrashuvda "Sabax" yirik hisobda zafar quchdi
Konferentsiyalar ligasi saralash bosqich javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Sabax" - "Petrokub" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda Ozarbayjon klubi 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab 22, keyin esa 28 va so‘ngra 44-daqiqalarda Joy-Lans Mikkels gollar urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Shuningdek, 45+1-daqiqada Pavol Shafranko ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning 4 ta goliga esa raqiblar 1 ta gol bilan javob qaytardi. Ushbu gol ham 41-daqiqada Solvet tomonidan kiritildi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 6:1 hisobida "Sabax" g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Ushbu ikki to‘qnashuvda ham hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.
Fikrlar