Kim eng ko‘p haq oladi? Messimi yoki Ronaldu?
Dunyoga mashhur France Football nashri Evropa kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarning kuchli beshligini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra ro‘yxatning eng yuqorisidan "Barselona" forvardi Lionel Messi joy oldi. Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli argentinalik futbolchining yillik okladi 130 million evroni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni esa Messining birinchi raqamli raqobatchisi hisoblangan Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. "Yuvenus" hujumchisining bir yillik ish haqi 113 million evroga teng.
Keyingi o‘rinlarda esa Neymar (PSJ 91,5 mln evro), Antuan Grizmann (“Atletiko” 44 mln evro) va Garet Beyl (“Real” 40,2 mln evro) kabi futbolchilar bor.



Fikrlar