Kilian Mbappe muammolar girdobida qoldi

  • 17 oktabr, 2024, 10:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya milliy terma jamoasi sardori va "Real Madrid" klubi hujumchisi Kilian Mbappening xayotida muammolar paydo bo‘ldi. Gap shundaki, u ayni paytda Shvetsiyaga safari chog‘ida ayolga nojo‘ya xarakatlarni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda. 

Biroq, bu gap-so‘zlar shunchaki mish-mishlar ham bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu mavzuni esa, shunchaki, Mbappeninng ayni damdagi vaziyatidan kelib chiqib, unga qarshi fikrda bo‘lgan toifa insonlar tarqatgan ham bo‘lishi mumkin.

Oldinroq Mbappening advokati futbolchi bunday holatlarda hech qachon yolg‘iz qolmaganini, atrofida doimo ishonchli kimsalar borligini aytgan edi. Qayd etilishicha, Mbappe bir necha yil davomida o‘ziga ishonchidan chiqqan yaqin kishilarini o‘zgartirib turgan. Uning onasi Faiza Lamari frantsuz futbolchisining hayotida muhim rol o‘ynasa ham, o‘z o‘g‘lini doimiy kuzatib bora olmaydi va agentlik malakasiga ega emas. Shu sababli forvard ba’zi soxalarda ancha ishonchli kishilarga muhtoj bo‘lib turibdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!