Kiko: "Ronaldu maqtanishni yoqtirmagani uchun xam bu xaqida og‘iz ochmaydi"

  • 13 iyul, 13:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Krishtianu Ronalduning saxiyligi xaqida gapirdi.

Tecno

"Krishtiano juda ajoyib inson. Akademiyaning yosh tarbiyalanuvchilariga yordam beradi. Undan istagan narsangizni so‘rang, u sizga imkoni boricha beradi.

Mavsumoldi tayyorgarlik uchun AQSh ga borganimizda, u barcha uchun, hattoki, fizioterapevtlar, qo‘riqchilar va boshqa xodimlar uchun eng so‘ngi modeldagi IPhone va Apple watch sotib olib sovg‘a qilgan edi. Maqtanishni yoqtirmagani uchun xam bu xaqida og‘iz ochmaydi. U shunday ishlari bilan atrofdagilarga yordam berishni va ularni kayfiyatini ko‘tarishni yaxshi ko‘radi" - deydi ispaniyalik sobiq kiper.

Malumot uchun, Ronaldu va Kasilya bir necha mavsum "Real" tarkibida birga xarakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!