
Kiki Bertensdan omad yuz o‘girdi
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Tsintsinatti shahrida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Kiki ushbu bosqichda amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqib, 3:6, 6:3, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Western & Southern Open" musobaqasining amaldagi chempionini mag‘lub qilgan Vinus, endi xorvatiyalik Donna Vekich hamda belaruslik Viktoriya Azarenko uchrashuvi g‘olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar