Kikboksingchilarimiz Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytmoqda
Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida 21–30 noyabr kunlari Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga qaytib kelmoqda.
Umumiy medallar:
Oltin 1 ta
Kumush 3 ta
Bronza 4 ta
Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz vakillari O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.
Sovrindor sportchilarimiz:
Oltin medal:
Hasanxon Baratov — Full Contact, Senior Men +91 kg
Kumush medal:
Yo‘ldoshev Javlon — Low Kick, Senior Men 54 kg
Xayriddinov Nodirbek — Kick Light, Senior Men 74 kg
Ahmedov Aydos — Full Contact, Senior Men 57 kg
Bronza medali:
Eminov Fahriddin — Full Contact, Senior Men 67 kg
Xasanov Saidolimjon — K-1, Senior Men 63.5 kg
Rahmonov Arseniy — K-1, Senior Men 57 kg
Musaev Abrorbek — Low Kick, Senior Men 81 kg
Bu haqda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar