Kikboks. Terma jamoamiz jahon kubogida 54 ta medalga sazovor bo‘ldi

CHERY AUTO

17 – 21 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida kikboks bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 62 mamlakatidan jami  3000 ga yaqin sportchilar 5 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun  baxs olib borishdi.

Tecno

Quvonarlisi, jahon kubogida umumjamoahisobida 4-o‘rinni egallagan  O‘zbekiston terma jamoasi kecha tunla yuritmizga qaytib keldi. Mavqeyi jihatidan  jahon chempionatidan keyingi o‘rinda turuvchi jahon kubogi baxslari kutilganidek murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. E’tiborlisi barcha yosh toifalarida to‘liq tarkibda qatnashgan jamoamiz a’zolari kikboksning   loukik, ful kontakt, K-1, kiklayk va point fayting yo‘nalishlarida kuchlilar qatoridan joy oldi.

Yakka kurash turlari bo‘yicha Ar-Riyod shahrida o‘tadigan World combat games oldidan o‘ziga xos ko‘rik vazifasini o‘tab bergan jahon kubogida eng yaxshi ko‘rsatkich  ringda jang olib borgan vakillarimizga tegishli bo‘ldi. Ular umumjamoa hisobida shoxsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Shunday qilib O‘zbekiston kikboks terma jamoasi jami 18 ta oltin,10 ta kumush va 26 ta bronza medallariga ega chiqqan holda dunyoning kuchli beshligidan o‘rin egalladi. Demak barcha yosh toifalarida jamoamiz a’zolari o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlay oldi deb ayta olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!