
Keza A Seriyaga qaytishdan bosh tortdi
"Liverpul" hujumchisi Federiko Keza Italiyaga qaytish takliflarini rad etdi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, 27 yoshli vinger yozgi transfer oynasida uni ijaraga olishni xohlagan "Inter" va "Napoli" klublariga rozilik bermadi.
Manbaga ko‘ra, Keza "Liverpul"da qolib, top-o‘yinchilar bilan raqobat qilishni istadi. Italiyalik futbolchi bosh murabbiy Arne Slot oldida o‘zini namoyon etishga qat’iy bel bog‘lagan.
Joriy mavsum APLda Keza 3 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi. Uning yagona goli ham jamoaning ilk turda g‘alaba qozonishiga juda katta hissa qo‘shdi. Italiyalik vingerning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar