
Keynni olamizmi yoki Mbappenimi? Peres va Anchelotti tortishib qoldi!
“Real” jamoani tark etgan Karim Benzema o‘rniga mashhur to‘purarlardan birini olib kelishni maqsad qilgan.
Bu borada klub xo‘jayini Florentino Peres va bosh murabbiy Karlo Anchelottining fikri bir joydan chiqmayapti.
Relevo nashrining yozishicha, italiyalik murabbiy jamoaga “Tottenxem” to‘purari Harri Keynni olib kelishni talab qilyapti. Bu transfer uchun madridliklar 115 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.
Florentino Peres esa, yozda katta transferlarga qo‘l urmoqchi emas. U kelasi yil yozda Kilian Mbappeni erkin agent sifatida kelishini kutmoqchi.
Karim Benzema yana bir mavsum Madridda qolishi kutilgandi. Biroq, frantsiyalik to‘purar birdaniga “Al-Ittihod”ga o‘tadigan bo‘lib qoldi. Bu vaziyat “Qirollik klubi”ni biroz shoshirib qo‘ydi.
Fikrlar