Keyn uchun ikki superklub "dahshatli" summadan voz kechadi

  • 15 noyabr, 2024, 14:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”dan keyin “Bavariya”da ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Harri Keynda faoliyatini boshqa ligalarda ham davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, PSJ 31 yoshli hujumchini Frantsiya chempionatiga olib ketmoqchi. Parijliklar tajribali to‘purar uchun 130 million evro tikishga tayyor.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” ko‘p yillik orzusini amalga oshirib, Harri Keynga o‘z libosini kiydirishni mo‘ljallayapti. Manchesterliklar ham hujumchi uchun kurashda PSJdan qolishmoqchi emas.

Transfer mutaxassislari “Bavariya” moliyaviy ahvolini mustahkamlab olish uchun Harri Keynni katta mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!