Keyn Son Xyon Minni "Tottenxem"dan ketishi haqida gapirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn koreyalik vinger Son Xyon Minning AQShning "Los-Anjeles" klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi. Avvalroq, Son va Keyn Londonning "Tottenxem" klubida birga o‘ynagan.
- Sonni, Sonni, Sonni. Nima ham derdim. Bu yillar davomida biz maydonda va uning tashqarisida juda ko‘p ajoyib davrlarni birga boshdan kechirdik. Shaxs va o‘yinchi sifatida sen erishgan muvaffaqiyatga loyiqsan. Sen futboldagi eng yaxshilardan birisan.
O‘tgan mavsumda sovrinni qo‘lga kiritganingni ko‘rish menga juda yoqdi va keyingi faoliyating muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha qilmayman. Tez orada ko‘rishamiz", - deb yozdi Keyn ijtimoiy tarmoqda.



Fikrlar