Keyn: "Penaltini ishonchli ijro etish oson emas"
Bundesliganing 4-turida "Bavariya" "Xoffenxaym"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn xet-trik qayd etdi. Forvard ikki golini penaltidan kiritdi. Shu tariqa, Keyn Bundesligadagi dastlabki 17 ta penaltini ham aniq golga aylantirib, rekord o‘rnatdi. Ushbu vaziyatga esa futbolchining o‘zi izoh berdi:
"Penaltini oson bajargandek ko‘rinasiz. Shuni qanday amalga oshirasiz?
"Bu oson emas. Odamlar to‘p to‘rga kirganda oson deb o‘ylashadi. Lekin men ko‘p mashq qilaman, har doim ijro uslubimni takomillashtirishga harakat qilaman. Har safar to‘p jarima maydonida bo‘lsa, men gol urishga intilaman. Farqi yo‘q – penalti bo‘ladimi yoki yo‘q", - deya ta’rif berib o‘tdi "Tottenxem"ning sobiq hujumchisi.



Fikrlar