Keyn Bundesligada hech kim qilolmagan ishni uddaladi

  • 12 noyabr, 2023, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatining 11-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Xaydenxaym” futbolchilarini 4:2 hisobida taslim qildi.

Tecno

Uchrashuvda myunxenliklarning angliyalik hujumchisi Harri Keyn dubl qayd etdi. Shu tariqa, Bundesligada debyut mavsumini o‘tkazayotgan Keyn chempionatdagi gollari sonini 17 taga etkazdi.

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu rekord natija sifatida qayd etildi. Hali Germaniya chempionatida hech bir futbolchi dastlabki 11 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 17 ta to‘p kiritmagan.

Bundan tashqari, Harri Keyn ketma-ket to‘rtta uchrashuvda bittadan ko‘p to‘p kiritmoqda.  

Barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda, Harri Keyn “Bavariya”ga o‘tganidan beri 16 ta uchrashuvda 21 ta gol va ettita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!