Kevin de Bryuynening keyingi manzili oydinlashdi

  • 5 aprel, 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” bilan qator yutuqlarini qo‘lga kiritgan Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishini rasman e’lon qildi.

Ko‘pchilikni belgiyalik pleymeyker faoliyatini qaerda davom ettirishi qiziqtirmoqda.

Give Me Sport nashrining ma’lum qilishicha, ayni paytda Saudiya Arabistoni klublari mohir yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Ayniqsa, “Al-Qodisiya” va ikkinchi divizion vakili “Neom” bu borada faollik ko‘rsatyapti.

Manbaga ko‘ra, Kevinga Evropadan ham takliflar bor. AQShning “San-Diego” klubi 33 yoshli futbolchini olish fikridan qaytdi. Shunga qaramay, MLSning boshqa klublari Kevin de Bryuynega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kevinning o‘zi faoliyatini MLSda davom ettirishga moyillik bildirmoqda va katta ehtimol bilan ummonortiga yo‘l olishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!