
Kevin de Bryuyne o‘rniga to‘rtta zo‘r o‘yinchi bor
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan pleymeyker Kevin de Bryuyne o‘rnini bosa oladigan futbolchilar etarli ekanini ta’kidladi.
Belgiyalik 32 yoshli futbolchi “Byornli”ga qarshi o‘tkazilgan birinchi tur o‘yinida jarohat olgandi va keyinchalik operatsiya stoliga yotqizildi.
- Kevin de Bryuyne o‘rnini kim egallashini so‘rashyapti. Uning pozitsiyadan Foden yoki Makati o‘ynashi mumkin. Shuningdek, Kovachich yoki Bernardu Silva ham pleymeykerlik qila oladi.
Foden ishongan o‘yinchimiz. U futbolchi yaxshi ko‘radi va o‘sishdan to‘xtab qolmasligi kerak. U o‘z ustida ishlashni yoqtiradi. Uning jamoada ta’siri hozirdan juda kuchli. Lekin bu futbolchi hali 23 yosh ekanini ham inobatga olish lozim, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar