
Ketsang ketaver! "Manchester Yunayted" Ronalduga o‘rinbosar topdi
"Manchester Yunayted" yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.
O‘z navbatida, mankuniyaliklar ham unga o‘rinbosar izlash ishlarini boshlab yubordi. "Sky Sport Deutschland" nashri ma’lumotlariga qaraganda, "Shtutgart" hujumchisi Sasha Kalayjich "tumanli Albion"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
MYu vakillari nemis jamoasi bilan muzokarani boshlab yuborgan. Ular Krishtianuning qarorini uzoq kutishni istamayapti. Avstriyalik futbolchiga "Bavariya" hamda Dortmundning "Borussiya"sidan ham qiziqish borligi aytilmoqda.
25 yoshli Sasha "Shtutgart" libosida 57 bor maydonga tushgan va 24 marta darvozaga yo‘l topa olgan. Shuningdek, uning hisobiga 9 assist bor.
Fikrlar